Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ko‘karmagan "yashil makon". Faollar "ko‘chat shouchilar"ni jazolashni talab qilmoqda

Ko‘karmagan

5-iyul kuni Toshkentda saylovchilar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtni “yashillashtirish” maqsadida har yili kamida 1 million dona ko‘chat va qalamcha ekish rejasini e’lon qildi. Ayni shu kunlarda parlamentda chiqish qilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov esa ko‘chat ekishdagi ko‘zbo‘yamachilik va soxtakorliklar haqida ma’lumot berdi.

Parallel ravishda yangragan ikki bayonot jamoatchilikni tashvishga solib kelayotgan muammoni yana kun tartibiga qaytardi. Faollar “ko‘chat shou”chi mansabdorlar jazosiz qolayotgani haqida bong urdi.

5-iyul kuni prezidentlikka nomzod o‘laroq toshkentlik saylovchilar bilan uchrashgan Shavkat Mirziyoyev poytaxtni “yashillashtirish”ga oid rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, kelgusi yetti yilda poytaxtdagi 900 gektar yashil maydon 5 ming gektarga yetkaziladi.

Bu maqsadda shahar bo‘ylab har yili kamida 1 million dona manzarali, mevali ko‘chatlar va qalamchalar ekiladi, har bir mahallada mingtadan ko‘chat o‘tqazish tadbiri davom ettiriladi.

Parlament minbarida ekologiya vaziri tomonidan oshkor etilgan raqamlar esa prezidentlikka nomzodning rejalarini savol ostida qoldirdi.

Aziz Abduhakimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qilishicha, respublika bo‘yicha “Yashil makon” loyihasi doirasida ikki milliondan ortiq ekilmagan ko‘chatlar hisobotlarda “ekildi” deb ko‘rsatilgan; 7,3 million tup nihol sug‘orib bo‘lmaydigan joylarga o‘tqazilgan; ekilgan 1,8 million tup ko‘chatni saqlash va parvarishlash uchun mas’ullar tayinlanmagan. Qo‘shib yozish borasida Navoiy (959 ming), Toshkent (564 ming) va Farg‘ona (465 ming) viloyatlari boshqa hududlarni ortda qoldirgan.

Tabiat muhofazasiga mas’ul hukumat mulozimi daraxt va butalarni ekishda ularning tuproq va iqlim sharoitiga mos kelish-kelmasligiga e’tibor berilmaganini ham qayd etgan.

2021-yil noyabr oyida Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Yashil makon” loyihasi misli ko‘rilmagan rejani o‘z ichiga oladi. Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonda besh yil davomida 1 milliard tup daraxt va buta ko‘chati ekilishi kerak.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2021-yili mamlakatda 85 million tup, 2022-yili 202,7 million tup ko‘chat ekilgan. 2023-yil bahor mavsumida esa 127,7 million tup nihol o‘tqazilgani haqida hisobot berilgan. Ammo “Yashil makon” tashabbusining ilk davridanoq qo‘shib yozishlarga zo‘r berilgani aytiladi.

Prezident Mirziyoev 2022-yil aprel oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda “Yashil makon” dasturi ijrosida ko‘zbo‘yamachilik davom etayotgani, hududlarda aslida ekilmagan 5 million tup ko‘chat hisobotlarga “ekildi” deya tirkalgani haqida gapirgan.

Senat hisobotiga ko‘ra, bu boradagi qo‘shib yozish ko‘lami 6,2 millionni tashkil etadi. Faollar esa haqiqiy holat bundan-da yomon deb hisoblaydi.

“O‘zbekistonliklar “Yashil makon” kampaniyabozligi qiymati va tovoni qanchaga tushayotganini birinchi kundanoq o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turibdi. Xalq qo‘shib yozilgan, quritgan, quritilgan ko‘chatlar vazir aytgan millionlardan karrasiga ko‘proqligini ham biladi”, deya holatga munosabat bildirdi iqtisodchi Otabek Bakirov.

Ekspert kampaniya boshlangandan buyon ekilishi ovoza qilingan 525 million ko‘chatning qanchasi ko‘kargani, har bir ko‘chat soliq to‘lovchilarga qanchaga tushganini ochiqlashni so‘ragan.

“Yashil” aksiya doirasida trillionlarni havoga sovurish shunchaki kamchilik emas, jinoyat ekanini urg‘ulagan faollar bunga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning xatti-harakatiga huquqiy baho berishni ham talab etmoqda.

“Hukumatdan, vazirlardan, hokimlardan havoga sovurilgan har bir so‘m uchun, quritilgan har bir ko‘chat uchun hisobot va javobgarlik talab qilinishi darkor. Axir so‘roq vaqti kelgandir?”- deydi Bakirov.

“Bizga tanish manzara: ko‘zbo‘yamachilik, o‘g‘rilik va korrupsiya holatlarini aniq isbotlovchi rasmiy nutq. Ammo haligacha birorta huquqni muhofaza qilish organi yoki hokimiyat organlari, qolaversa, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi bu masala bo‘yicha fikr aytmadi. Shunday paytda antikorrupsiyachilar “Iya, qani, nega biz bilmay, bexabar qoldik” deb, prokuratura organlari esa “Janob vazir qo‘lingizdagi hujjatlarni bizga bering, biz tekshiruv o‘tkazaylik” deya bong urishlari kerakmidi, yo‘qmi?” deya savol qo‘yadi Telegramdagi “Platforma.uz” kanali.

Faollarga ko‘ra, bu talab faqat ijtimoiy tarmoqda emas, parlamentda ham yangrashi kerak.

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ham avvalroq bu borada o‘z xavotirini bildirgan. Diplomat “Gazeta.uz” nashri uchun yozgan maqolasida O‘zbekiston kabi suv taqchilligi kuzatiladigan mamlakatda millionlab ko‘chat ekish tadbirini puxta reja va xorij tajribasi asosida olib borishni tavsiya qilib, shoshqaloqlik oqibatlaridan ogohlantirgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Путин заявил, что грузы на границе России и Китая будут досматривать быстрее

Москвичи передали на вечное хранение в Главархив более пяти тысяч снимков

Многодетные отцы в России не смогут получить отсрочку от мобилизации на СВО

Провоз велосипедов в пригородных поездах станет бесплатным в Москве 18 мая

Музыкальные новости

В Республике Марий Эл вновь пройдет кинофестиваль «Движение по вертикали», посвященный памяти Станислава Говорухина

«СВЯТОЙ ЛЕНИН» правит миром, расшифровал «ДНК В.И.Ленина», отменяет налоги. И… отключает институты времени. Разгадка «научных теорий заговоров».

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети

Новая попытка азербайджанских вандалов исламизировать армянское культурное наследие в оккупированном Шуши

Новости России

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге о конкурсе «Большая перемена»

Аналитика МегаФона: зачем туристы из Уругвая, США и Австрии едут в сибирскую глубинку

Москвичи передали на вечное хранение в Главархив более пяти тысяч снимков

Международная научно-практическая конференция «Культура и искусство: поиски и открытия»

Экология в России и мире

Армяне России поддерживают движение «Тавуш во имя Родины»

Обращение Аршака Карапетяна к соотечественникам

Страдания юного Аюша Булчун

Участники Всероссийской олимпиады школьников по математике выбрали Marins Park Hotel Нижний Новгород

Спорт в России и мире

Виктория Азаренко пробилась в четвертьфинал турнира WTA в Риме

Теннисист Медведев может потерять свое место в рейтинге ATP

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA в Риме

Соболенко вышла в полуфинал турнира WTA-1000 в Риме

Moscow.media

Армяне России поддерживают движение «Тавуш во имя Родины»

В Парке Горького вновь пройдет Московский детский фестиваль искусств «НЕБО»

Завершена надвижка моста в Нагатинском затоне

АвтоВАЗ запустит производство доступного семиместного автомобиля "Лада"







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *