Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Prezident maktablariga kirish imtihonlarida ko‘zbo‘yamachilik bo‘layotgani aytilmoqda

Prezident maktablariga kirish imtihonlarida ko‘zbo‘yamachilik bo‘layotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda esa prezident maktablariga kirish imtihonlarida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilgani haqida da’volar aytilmoqda.

Jumladan, birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, korrupsiya iddaolarini ham o‘rtaga chiqargan.

Ba’zi blogerlar imtihonning ikkinchi kunida o‘quvchilarga javoblari oldindan belgilangan savollar kitobi berilgani haqida yozdi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi mas’uli Ozodlik bilan suhbatda imtihon jarayonida ko‘zbo‘yamachilik bo‘lgani haqidagi da’volarni rad etdi.

Xiva shahridagi prezident maktabida ota-onalar farzandlarining 2023/2024 o‘quv yili uchun shu maktabga kirish imtihonlari natijalarini kutmoqda.

Muhayyo Rahimovaning ikki farzandi shu maktabga hujjat topshirgan.

“Bitta o‘ringa 200 bola to‘g‘ri kelyapti. Shans juda oz. O‘tib qolar deb umid qilib turibmiz”, - deydi Rahimova.

O‘zbekiston miqyosida hisoblaganda esa prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha bitta o‘ringa o‘rtacha 170 talabgor to‘g‘ri kelmoqda.

Prezident maktablari agentligiga ko‘ra, bu yil 14ta maktabdagi 336 o‘ringa jami 56 ming 745 ta hujjat qabul qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa prezident maktablariga kirish imtihonlarida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilgani haqida da’volar aytilmoqda.

Jumladan, birinchi bosqich imtihonlarida savollar takroriy qo‘llanilgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda, korrupsiya iddaolarini ham o‘rtaga chiqargan.

“Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida 1-smenada ishlatilgan test topshiriqlari 2-smenada ham aynan qaytarilgani, Prezident maktablariga o‘quvchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanadigan markazlar 1-smenada testga kirgan o‘quvchilardan testlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib olib, 2-smenada kiradigan o‘quvchilariga yodlatishgan. Ayrim test topshiriqlari ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqalgan. Prezident maktablari agentligidan buni tekgirishni, kerak bo‘lsa boshqatdan test o‘tkazishni talab qilamiz”, - deydi bloger Muzaffar.

Ba’zi blogerlar imtihonning ikkinchi kunida o‘quvchilarga javoblari oldindan belgilangan savollar kitobi berilgani haqida yozdi.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi mas’uli Ozodlik bilan suhbatda imtihon jarayonida ko‘zbo‘yamachilik bo‘lgani haqidagi da’volarni rad etdi.

“Tarmoqlarda har xil gaplar bo‘lyapti, lekin har xil savollar berildi. Bir xil deb aytilayotgan gaplar”, - deydi prezident ta’lim muassasalari agentligi xodimi.

Ammo, har yilgidan farqli prezident maktablariga kirish imtihonlarida bu yil Cambridge University Press&Assessment xalqaro tashkiloti mutaxassislari ishtirok etmagan.

Cambridge University Press&Assessment xodimi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda O‘zbekistonda prezident maktablariga kirish imtihonlari uchun Prezident maktablari agentligi mas’ul ekanini aytdi.

Bir o‘ringa 200 o‘quvchi

O‘zbekistonda 2019-yildan beri yoshlarga “jahon andozalari darajasida o‘rta ta’lim berish maqsadida” 14 ta prezident maktabi tashkil etildi.

Dastlabki to‘rtta maktab 2019-yilda Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida ochildi.

2020-yildan boshlab O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida yana 10 ta maktab qurildi.

Prezident maktablari 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ta’lim beradi.

Har bir prezident maktabiga yiliga 24 o‘quvchi qabul qilinadi.

2019-yildan buyon prezident maktablariga 110 591 ta ariza topshirilgan, 1344 nafari o‘qishga qabul qilingan.

Bu yil o‘tgan yildagiga qaraganda prezident maktabiga da’vogarlar soni qariyb ikki baravar ko‘p.

“Bizda har qanday nufuzli maskanga joylashish o‘ziga xos shafqatsiz poygaga aylanib ketadi. Oldin ishga joylashishda yoshi kattalar, oliy o‘quv yurtlariga kirishda esini tanigan yoshlar talashishardi. Endi esa bu jarayonga bolalar ham qo‘shilishdi va katta ehtimol bilan o‘zlarining dastlabki qaqshatqich hamda butun umr yodda qolarli mag‘lubiyatlarini qabul qilib oladilar.

Aytishingiz mumkin – murakkab tanlanish jarayonida eng iqtidorlilar saralab olinishining nimasi yomon, axir imtihonlardan maqsad ham shu-ku! Shubhasiz haqsiz. Lekin bunchalik nisbatda emas-da birodar. 1 bolani ajratib olish uchun 169 bolani bilimsizga chiqarish qaysi mezonga to‘g‘ri keladi? Eng dahshatlisi – 170 ota-onaning ichidan bitta uddaburro chiqib, hammasini “eski” usulda hal qilib qo‘ymasligiga sizda kafolat bormi? Yoki O‘zbekiston korrutsiyadan butkul holi maskanga aylanib bo‘ldimi?”, - deydi bloger Abror Zohidov.

Hukumat prezident maktablari ochish bilan “O‘zbekiston taraqqiyotiga faol va ijobiy hissa qo‘shadigan kelajak avlod yetakchilarini tayyorlash”ni maqsad qilgan.

Prezident maktablarini ochish to‘g‘risidagi qarorda maktablarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qilib bular belgilangan:

Iqtidorli bolalarni tanlash va tarbiyalash, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish

Aniq fanlar, chet tillari, muhandislik va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ko‘maklashish

Talabalar bilimini o‘qitish va baholashning zamonaviy usullarini yo‘lga qo‘yish

Talabalarning yetakchilik, notiqlik, tanqidiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish

O‘quvchilarning xalqaro olimpiada va musobaqalarda ishtirokini ta’minlash

Milliy va xalqaro ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Prezident maktablarida Kembrij o‘quv dasturi bo‘yicha va o‘zbek milliy o‘quv dasturidagi fanlar bo‘yicha chet eldan kelgan va xalqaro ta’lim tajribasiga ega o‘qituvchilar bepul ta’lim beradi.

Cambridge University Press&Assessment xulosasiga ko‘ra, 2021-yilda Prezident maktablari o‘qigan 96 talabaning 68 foizi, Cambridge imtixonida Adan B gacha bo‘lgan darajaga erishdi.

96 nafar bitiruvchidan 88 nafari xalqaro universitetlarga yo‘llanma olgan.

Oqlanmagan "Umid"

O‘zbekistonning avvalgi prezidenti Islom Karimov "vatanga fidokorona xizmat qiladigan, sadoqatli, iste’dodli yigit-qizlardan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida" o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari ohirida “Umid” jamg‘armasini tashkil etgan edi.

Ammo jamg‘arma sarflangan mablag‘larni oqlamadi.

Prezident granti bilan xorijda ta’lim olib, chet el hayoti bilan tanishgan talabalarning O‘zbekistonga qaytishdan bosh tortishi "Umid" missiyasini yo‘qqa chiqargan.

Oqibatda, yoshlarni pul to‘lab xorijga o‘qishga yuborishdan ko‘ra, O‘zbekistonda chet elning Vestminster, Lomonosov, Turin, Inha kabi universitetlarini ochish maqbul, degan qarorga kelindi.

"Umid" jamg‘armasi 2003-yilda faoliyati rasman tugatildi.

Xalq ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6,2 milliondan ortiq o‘quvchi O‘zbekistondagi 10 000 dan ortiq maktabda o‘qiydi. Ularga yarim million o‘qituvchi dars beradi.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning o‘limidan so‘ng davlat tepasiga kelgan Shavkat Mirziyoyev boshqa sohalar qatorida xalq ta’limi sohasini ham isloh qilishga urinmoqda.

Karimov davrida shakllantirilgan 9 yillik umumiy ta’limni bekor qildi, mamlakat bo‘ylab qurilgan yuzlab kollej binolari bo‘shab qoldi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Самолет Ил-76 вылетел в иранский Тебриз для помощи в поиске вертолета Раиси

В квартире жителя подмосковного Королева обнаружена крупная партия синтетических наркотиков

День пчел и пчеловодства: как выбрать хороший мед

И все-таки я допою до конца: в чем секрет популярности вокальных конкурсов

Музыкальные новости

Бухалово и Париж: откуда появились необычные и смешные названия населенных пунктов в России

На Улан-Удэнском ЛВРЗ запустили новый профориентационный проект

Театр и Культура, Россия и Дети: 15 мая театр кукол Ульгэр представил спектакль «Мүнгэн мүшэдүүд» в стенах Художественного музея для первых классов гимназии №29 Улан-Удэ

Снять свой Художественный фильм.

Новости России

В квартире жителя подмосковного Королева обнаружена крупная партия синтетических наркотиков

День пчел и пчеловодства: как выбрать хороший мед

Парад кандидатов от «ЕР»: коммерсанты, кукловоды, спортсмены

Волонтеры спасли пенсионерку из Приморья, которая двое суток пролежала в лесу

Экология в России и мире

Электрические зубные щетки Revyline RL010 White и зубную пасту Revyline Smart заказать в Якутске

В столице Туркменистана - Ашхабаде открыли памятник легендарному армянскому поэту и композитору Саят-Нове

Выездной Фотограф для всех желающих, ну и конечно Артистов и Музыкантов.

Лукашенко лоббирует интересы Алиева по изоляции Армении

Спорт в России и мире

Экс‑теннисистка Джорджи обвиняется в краже мебели и ковров на €100 тысяч — СМИ

Шнайдер вышла в финал турнира WTA-125 в Париже, обыграв Грачёву

Рыбакина узнала свое место в новом мировом рейтинге

Свёнтек выиграла десятый «тысячник» в карьере

Moscow.media

«Грузовичкоф» развивает представителей бизнес-среды

Военные следователи провели рейд по бывшим мигрантам в Алуште

16-летнюю Volvo продали за рекордный срок

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *