Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Mirziyoyev BMTda O‘zbekiston so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sodiqligini iddao qildi

Mirziyoyev BMTda O‘zbekiston so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sodiqligini iddao qildi

BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida 19-sentabr kuni nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sodiqligini iddao qildi.

“Joriy yil aprel oyida milliy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi marta umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz berganlarning 90 foizdan ziyodi ushbu chinakam xalq Konstitutsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Shu tariqa islohotlarimizning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olishi ta’minlandi”,- dedi prezident.

Nutqi davomida Mirziyoyev O‘zbekiston bu bilan millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning tengligi, inson huquqlari, so‘z va vijdon erkinligi prinsiplariga sadoqatini yana bir bor tasdiqlaganini aytdi.

Xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar avval-boshdan referendumdan ko‘zlangan asosiy maqsad Mirziyoyevning prezidentlik muddatini uzaytirish ekanini taxmin qilishgan edi. 30-apreldagi referendumda prezident muddati hamda vakolatlari o‘zgartirilgan yangi tahrirdagi konstitutsiya 90 foizdan ortiq ovoz bilan ma’qullangandi. Unda prezident muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan.

Referendumni kuzatgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti missiyasi ovoz berish jarayonlari yaxshi tashkil etilgani, ammo unda siyosiy raqobat bo‘lmaganini aytgandi.

Ayni paytda 9-iyulda o‘tgan prezidentlik saylovini kuzatgan YXHT DIIHB missiyasi “9-iyulda muddatidan oldin o‘tkazilgan prezident saylovi texnik jihatdan yaxshi tayyorlangan, ammo unda chinakam raqobat bo‘lmadi”, degan dastlabki xulosasini e’lon qilgan edi. AQSH elchixonasi ham 10-iyul kuni tarqatgan bayonotida YXHT DIIHBning "saylov raqobatsiz muhitda o‘tgani haqidagi xulosasi"ni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Prezident Mirziyoyev BMTdagi nutqida O‘zbekiston inson huquqlari tamoyillariga sodiq qolayotganini aytgan bo‘lsa-da, reallikda O‘zbekistonda o‘nlab blogerlar tanqidiy chiqishlari uchun qamalganini ko‘rish mumkin.

Mirziyoyev 19-sentabr kuni BMT minbaridan turib so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda izchil iqtisodiy islohotlar davom etayotgani haqida gapirdi. Unga ko‘ra, “global tahdidlarga qaramasdan, barqaror o‘sish sur’atlari” kuzatilmoqda va so‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq ko‘paydi. Mirziyoev 2030-yilga qadar bu ko‘rsatkichni yana 2 barobarga oshirish rejalashtirilayotganini aytdi.

“Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo‘lidagi yana bir ustuvor vazifamiz – yaqin orada Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishdir",- dedi prezident.

Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekistonda 2017-yildan buyon kambag‘allik ikki barobarga kamaydi. 2030-yilgacha kambag‘allikni 7 foizga tushirish reja qilinmoqda.

Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston paxta qulligidan qutulganini ham iddao qildi.

Prezident kambag‘allik darajasi pasaygani haqida birinchi marta gapirayotgani yo‘q. Toshkentda 27-aprel kuni Ikkinchi investitsiya forumida nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda so‘nggi bir yilda 1 million kishi kambag‘allikdan chiqarilgani va kambag‘allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirilgani to‘g‘risidagi iddaosini takrorlagandi. Prezident ilk bor bu haqda 2023- yil 25-yanvar kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida gapirgan edi. Mirziyoyevga ko‘ra, 2023-yilning birinchi choragida 210 ming kishi kambag‘allikdan chiqarilgan.

10-may kuni o‘tgan videoselektorda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning har bir viloyatidagi bittadan tumanda Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishini bildirgan edi. Bu dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, 2024-yildan beri tajriba mamlakatning barcha hududlariga joriy etilishi bildirilgan.

Shu bilan bir qatorda Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazgan videoselektorda yil oxirigacha qolgan besh oy ichida 200 ming kishini kambag‘allikdan chiqarishga buyruq bergandi. Unga ko‘ra, bu bilan kambag‘allik darajasi 14 foizdan 12 foizga tushiriladi.

Mirziyoyev xalqaro va mintaqaviy hamkorlik haqida gapirar ekan, “mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro savdo ikki yarim barobardan ziyod, qo‘shma korxonalar soni esa besh marta o‘sgani”ni ta’kidladi.

“Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligi – mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan eng muhim shartga aylanmoqda”,- dedi u.

Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekiston BMTning xotin-qizlar tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor. Prezident kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.

O‘zbekiston prezidenti nutqida Orol muammosi va global iqlim o‘zgarishiga ham e’tibor qaratdi.

“Global muammo bo‘lgan Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida O‘zbekiston o‘z imkoniyatlari darajasida harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 million gektar maydonda qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklardan iborat yashil hududlar barpo etildi. Bu sa’y-harakatlarimizni davom ettirish uchun xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim”, - dedi u.

Mirziyoyevning aytishicha, keyingi 30 yilda Markaziy Osiyoda havo harorati bir yarim gradusga ko‘tarildi. Bu – dunyodagi o‘rtacha isishdan ikki karra ko‘pdir.

“Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin yigirma yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan ta’minlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda”,- dedi prezident.

Shundan kelib chiqqan holda Mirziyoyev O‘zbekiston BMT Bosh kotibining Suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi ta’sis etilishini qo‘llab-quvvatlashini, Markaziy Osiyo suvni tejaydigan texnologiyalar platformasini yaratish jarayonida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – suv resurslari” mexanizmini ishga solib, eng ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va tatbiq qilish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Россия высылает сотрудника британского посольства

Врач из Иркутска купил квартиру для своей семьи в Подмосковье

Соня Присс: Мечтаю сыграть рок-гитаристку

Под Тулой для кота-инвалида напечатали протез на 3D-принтере

Музыкальные новости

Эвелина Блёданс: Солнечная сказка для солнечных детей

В Республике Марий Эл вновь пройдет кинофестиваль «Движение по вертикали», посвященный памяти Станислава Говорухина

Яндекс.Недвижимость: за месяц однушки в новостройках Москвы подешевели на 4,5%

Чемпионат России по футболу для людей с ограниченными возможностями начался в Дзержинске

Новости России

МИД Литвы вызвал представителя РФ и выразил протест

Соня Присс: Мечтаю сыграть рок-гитаристку

Орловская команда взяла серебро на Всероссийском конкурсе «Кибердром.2024»

Эксперт Президентской академии в Санкт-Петербурге об изменениях в налоговом и бюджетном законодательстве России

Экология в России и мире

Азербайджанский мигрант возмутился из-за того, что в Калининграде суд назначил 4,5 года лишения свободы за убийство в ДТП школьницы. Видео

Не чувствую руку: Доктор Кутушов рассказал к чему приводит частое онемение конечностей

Страдания юного Аюша Булчун

Глава Центробанка РФ: "Я вижу в ЦФА большой потенциал"

Спорт в России и мире

Виктория Азаренко пробилась в четвертьфинал турнира WTA в Риме

Диего Шварцман: «Два чилийца в полуфинале в Риме. Шесть латиноамериканцев в топ-30. А ATP в следующем году уберет один из турниров в Южной Америке»

Теннисист Медведев может потерять свое место в рейтинге ATP

Свёнтек прошла в полуфинал турнира WTA-1000 в Риме

Moscow.media

Фикс-тариф будет доступен всем пользователям BelkaCar

Разделение изотопа

Вышло обновление системы расширенной аналитики «Дельта BI»

Игровые клавиатуры Bloody S515R, B825R: механические свитчи и подставка под запястья







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *