Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

“Kompromatuzb ishi”: Prokuror jurnalistlar Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimovga 15 yil qamoq jazosi so‘radi

“Kompromatuzb ishi”: Prokuror jurnalistlar Xurshid Daliyev va Siyovush Hoshimovga 15 yil qamoq jazosi so‘radi

19-sentabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida o‘tayotgan yopiq mahkama jarayonida sud muzokarasi davom etgan.

Sud majlisidan xabardor Ozodlik manbasining bildirishicha, davlat ayblovchisi O‘zbekiston Respublikasi JKning tuhmat, haqorat va tovlamachilik moddalari bilan sudlanayotgan Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliyev va “O‘zbekneftgaz” shirkati matbuot kotibi Siyovush Hoshimovlarni 15 yilga ozodlikdan mahrum etish va 3 yilga jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlashni so‘ragan.

Shuningdek, prokuror jinoyat ishi doirasida xatlangan Human.uz, Sof.uz va Terrabayt.uz tahririyati balansidagi 5 ta transport vositasi, 10 dan ortiq kamera va kompyuter vositalarini jinoyatdan olingan daromad sifatida musodara qilishni so‘radi.

Davlat ayblovchisiga ko‘ra, Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliyev hamda “O‘zbekneftgaz” shirkati matbuot kotibi Siyovush Hoshimovlarga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari (198 000 000 so‘m) miqdorida jarima solinishi lozim.

Sudlanuvchi Ahmadillo Ahmadjonovni davlat ayblovchisi 5 yilga uy qamog‘iga hukm qilishni so‘radi.

O‘tgan hafta prokuror Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining sobiq matbuot kotibi, jurnalist Mavjuda Mirzayevaga 3 yil davomida professional kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlab, uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolashni so‘ragandi.

Sudlanuvchilar shu yilning 24-yanvarida qamoqqa olingan va DXXning "Gvardeyskiy" nomi bilan bilingan tergov izolyatorida saqlanib kelinmoqda.

“Kompromatuzb ishi” yuzasidan shu paytga qadar 10 dan ortiq gumondorlar hibsga olingan. Hozirda mazkur ish bo‘yicha ayblanuvchilardan 5 nafarining ismi jamoatchilikka ma’lum.

So‘nggi so‘z

Human.uz sayti asoschisi va rahbari Xurshid Daliyev o‘zining so‘nggi so‘zida "hatto terrorizm va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan ham bunday katta jazo so‘ralmaganini aytgan.

“Albatta, xatolar qildik. Lekin bu davlat ayblovchisining bunday katta muddat so‘rashi adolatsizlikdir. Masalan, men tahririyatda yillar davomida reklama va boshqa turdagi daromadlarimiz evaziga 30 ta oilani boqib keldim. Davlatga qarashli Agrar Universitetning o‘zimiz ijarada turgan binolarini zamonaviy ta’mirlatdik. Bolalarim qimmat maktablarga bormadi, ularga qimmat kiyimlar olib bermadim. Bironta bankning eshigini taqillatib, reklama so‘rab borganim yo‘q”? deya Xurshid Daliyevning so‘nggi so‘zidan iqtibos keltirdi Ozodlik manbasi.

Jurnalist Mavjuda Mirzayeva o‘zining aybdorligini qisman tan olib, sudda qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo berishlarini so‘ragan.

Sudlanuvchi, “O‘zbekneftgaz” shirkati sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov esa "qonunlarni buzmagani, jinoiy yo‘l bilan daromad orttirmagani, barchasi tergovning uydirmalari ekani"ni aytgan.

U qaramog‘ida nogiron ota-onasi borligini aytib, prokuror so‘ragan jazo muddatining haddan tashqari adolatsiz ekaniga urg‘u bergan.

Sudlanuvchi Ahmadullo Ahmadjonov sudning adolatli qarorga kelishiga umid qilishini aytgan.

"Adolatsiz musodara" va so‘z erkinligiga tahdid

“Kompromatuzb ishi” doirasida jurnalist Xurshid Daliyev rahbarlik qilgan Human.uz, Sof.uz, Terrabayt.uz singari tahririyatlar mulklari, xususan, bitta “Malibu”, bitta “Lacetti”, 2 ta “Nexia 3” va 1 ta “Damas” jinoiy faoliyatdan kelgan daromadlar o‘laroq xatlangan.

Shuningdek, mazkur tahririyatlarning 10 dan ortiq kameralari va kompyuterlari, mobil qurilmalar tergov organi tomonidan hibsga olingan. Davlat ayblovchisi bularning barchasini musodara qilishni so‘ramoqda.

“Agar prokuror musodara qilishni so‘ragan hamma narsa olib qo‘yiladigan bo‘lsa, Human.uz, Sof.uz, Terrabayt.uz saytlarining faoliyati to‘xtaydi. Bu esa so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilayotgan harakatdir”, deydi Xurshid Daliyev rahbarlik qilgan loyihalardan birining xodimi.

Unga ko‘ra, tahririyatning barcha avtomobillari 2015-19-yillar oralig‘ida xarid qilingan va uning “Kompromatuzb ishi” faoliyatiga mutlaqo daxli yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Kompromatuzb ishi” bilan bog‘liq rasmiy bayonotida ishning Human.uz, Sof.uz, Terrabayt.uz singari tahririyatlarga aloqasi yo‘qligi, bu tahririyatlar o‘z faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilgan.

Biroq, Ozodlik suhbatlashgan jurnalistlarga ko‘ra, texnik vositalarning tortib olinishi va musodara qilinishi ular faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. "Shundoq ham hozir tahririyat xodimlari deyarli tarqab ketgan, kamera va kompyuterlar tergov organi tomonidan olib ketilgan", dedi jurnalistlardan biri Ozodlik bilan suhbatda.

DXX tomonidan tergov qilingan va “Kompromatuzb ishi” nomini olgan jinoyat ishi doirasida 4 nafar ayblanuvchi, 19 nafar jabrlanuvchi, va shuningdek, 10 nafar fuqaroviy da’vogar mavjud.

Jinoyat oqibatida jabrlanuvchilarga nisbatan 5,1 milliard so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgani taxmin qilingan.

Mazkur jinoyat ishi doirasida Migratsiya agentligi mansabdorlariga nisbatan shu yilning 3-yanvarkuni jinoyat ishi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘zg‘atilgan va agentlikning yuqori martabali mulozimlari hibsga olingan.

Sudlanuvchilarning advokatlariga ko‘ra, 20-sentabrkuni “Kompromatuzb ishi” bo‘yicha hukm o‘qilishi mumkin.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В США вспыхнет расовая война, когда Трамп сядет в тюрьму - мнение эксперта

Исторические и редкие фото 95

Бог, природа и хуситы сделали Россию владычицей мировой торговли

В Москве задержали оставившую коляску с ребенком на улице девушку

Музыкальные новости

ЦБ: В Татарстане все школы присоединились к урокам финграмотности

Энергетики «Смоленскэнерго» готовятся к работе в условиях непогоды

Собянин поздравил победителей городского конкурса в сфере культуры и искусства

"Гриша, уходи!": реакция интернет-сообщества на вылет "Урала" из РПЛ

Новости России

Реакция монго́лов на слова Путина: «Россия может проложить новый нефтепровод в Китай через Монголию»

В США вспыхнет расовая война, когда Трамп сядет в тюрьму - мнение эксперта

В Москве трёхлетняя девочка умерла в результате падения с девятого этажа

Газманов признался, что болел за «Балтику» в суперфинале Кубка России с «Зенитом»

Экология в России и мире

Представители KAMA TYRES приняли участие в 57-й легкоатлетической эстафете

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

«585*ЗОЛОТОЙ» выступила партнером медиафестиваля творческой молодежи YOUPITER

Улыбка сделала слушателя «Юмор FM» миллионером

Спорт в России и мире

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"

Главный русский теннисист заставил Париж аплодировать ему стоя. Что удалось Осьминогу Медведеву?

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора

Ролан Гаррос. Расписание 2 июня. Потапова и Швентек сыграют первым запуском, Синнер – последним

Moscow.media

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Пожар в пятиэтажке унес жизнь неосторожного курильщика

Военные следователи продолжают оказывать гуманитарную помощь военнослужащим, находящимся в полевых госпиталях

РОССИЮ ОЖИДАЕТ ПЛЮС 50 ГРАДУСОВ: КАКИМ ГОРОДАМ ЖДАТЬ АНОМАЛЬНУЮ ЖАРУ







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *