Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Isroil-Falastin mojarosi nima va u qanday boshlangan?

Isroil-Falastin mojarosi nima va u qanday boshlangan?

7-oktabr kuni kutilmaganda Isroilga hujum qilgan Hamas va Isroil o‘rtasidagi janglar 70 yildan buyon davom etib kelayotgan to‘qnashuvlarning oxirgisidir.

ZIDDIYAT MANBASI NIMADA?

Reyter agentligining yozishicha, bu urush Isroilning o‘z xavfsizligini ta’minlash ehtiyoji va falastinliklarning o‘z davlatiga ega bo‘lish istagi o‘rtasidagi ziddiyat natijasi bo‘lib qolmoqda.

Isroil asoschisi Devid Ben-Gurion 1948-yil 14-mayida zamonaviy Isroil davlati tuzilganini e’lon qilib, doimiy ta’qib va quvg‘inlarda yashagan yahudiy xalqi uchun o‘zlarining qadimiy vatanlarida boshpana yaratdi.

Falastinliklar esa Isroilning yaratilishini o‘zlarining davlatchilik orzulariga to‘sqinlik qilgan “Nakba” (falokat) sifatida ko‘radi.

Shundan keyin yuz bergan urushda ilgari Britaniya hukmronligi ostida bo‘lgan Falastinning yarim arab aholisi, ya’ni 700 000 ga yaqin falastinlik o‘z uylarini tashlab, Iordaniya, Livan va Suriyaga, shuningdek, G‘azo, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusga qochgan.

AQSHning yaqin ittifoqchisi bo‘lmish Isroil falastinliklarni o‘z uylaridan haydab chiqargani haqidagi da’voni inkor etadi va, aksincha, tashkil etilgan kunning ertasigayoq besh arab davlati hujumiga uchraganini aytadi. 1949-yilgi sulh bitimlari urushni to‘xtatdi, ammo rasman tinchlik bo‘lmadi.

Bugungi kunda ham Isroil aholisining taxminan 20% ini arablar tashkil etadi.

SHUNDAN KEYIN QANDAY YIRIK URUSHLAR BO‘LDI?

1967-yilda Isroil Olti kunlik urushni boshlab, Misr va Suriyaga zarba berdi. O‘shandan beri Isroil G‘arbiy Sohilni, Iordaniyadan tortib olingan Sharqiy Quddusni va Suriyaning Jo‘lon tepaliklarini ishg‘ol qilgan.

1973-yilda Misr va Suriya Suvaysh kanali va Jo‘lon tepaliklari bo‘ylab Isroil pozitsiyalariga hujum qilib, Yom Kipur urushini boshladi. Isroil ikkala davlatning qo‘shinini uch hafta ichida orqaga surib tashladi.

Isroil 1982-yilda Livanga bostirib kirdi va Yosir Arofat boshchiligidagi minglab falastinlik jangchilar 10 haftalik qamaldan keyin dengiz orqali evakuatsiya qilindi. 2006-yilda Hizbulloh ikki isroillik askarni asirga olganida Livanda yana urush boshlandi va Isroil bunga javob qaytardi.

2005-yilda Isroil 1967-yilda Misrdan bosib olingan G‘azodan chiqib ketdi. Ammo 2006, 2008, 2012, 2014 va 2021-yillarda G‘azoga Isroilning havo reydlari va falastinliklarning raketa hujumlari natijasida notinchliklar bo‘ldi, ba’zan transchegaraviy bosqinlar ham kuzatilardi.

Urushlardan tashqari, 1987-1993-yillar va 2000-05-yillarda yana ikkita Falastin intifadasi (qo‘zg‘oloni) bo‘lgan. Ikkinchisi Hamasning isroilliklarga qarshi xudkush portlashlari to‘lqini bilan bog‘liq.

TINCHLIK UCHUN NIMALAR QILINGAN?

1979-yilda Misr va Isroil 30 yillik adovatga barham berib, tinchlik shartnomasi imzoladi. 1993-yilda Isroil Bosh vaziri Ishoq Rabin va Arofat Falastinning cheklangan muxtoriyati to‘g‘risidagi Oslo kelishuvini imzolaganlarida qo‘l berib ko‘rishdilar. 1994-yilda Isroil Iordaniya bilan tinchlik shartnomasi imzoladi.

2000-yilda Kemp Devid sammitida prezident Bill Klinton, Isroil Bosh vaziri Ehud Barak va Arofat yakuniy tinchlik kelishuviga erisha olmadi.

2002-yilgi Arab rejasiga ko‘ra, Isroil 1967-yilgi Yaqin Sharq urushida bosib olgan yerlaridan butunlay chiqib ketsa, Falastin davlati yaratilsa va falastinlik qochqinlar uchun “adolatli echim” bo‘lsa, barcha arab davlatlari Isroil bilan normal aloqalarga kirishishga rozi bo‘lishdi.

Vashingtonda isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragan 2014-yildan beri tinchlikka erishish harakatlari to‘xtab qoldi.

Keyinchalik falastinliklar AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini boykot qildi, chunki u 1967-yilda Isroil tomonidan bosib olingan hududda Falastin davlatini yaratishga qaratilgan ikki davlat yechimi yuzasidan AQSHning naq o‘n yillik siyosatini bekor qilgan edi.

HOZIR TINCHLIK UCHUN SAʹY-HARAKATLAR QAY AHVOLDA?

AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Yaqin Sharqda "katta kelishuv"ga erishishga harakat qilmoqda, jumladan, Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida munosabatlarni normallashtirishga.

Oxirgi urush Ar-Riyod uchun, shuningdek, boshqa arab davlatlari, jumladan, Isroil bilan tinchlik bitimini imzolagan ba’zi Fors ko‘rfazi arab davlatlari uchun diplomatik jihatdan noqulaylik tug‘dirmoqda.

ISROIL-FALASTINNING ASOSIY MUAMMOLARI NIMA?

Ikki davlat yechimi, yahudiy manzilgohlari, Quddus maqomi va qochqinlar masalalari.

Ikki davlat yechimi: G‘arbiy sohilda va G‘azo sektorida Isroil bilan birga falastinliklar uchun davlat yaratish ko‘zlangan kelishuv. Hamas ikki davlat yechimini rad etadi va Isroilni yo‘q qilishga ahd qilgan. Isroil o‘ziga tahdid solmasligi uchun Falastin davlatini qurolsizlantirish kerakligini aytadi.

Yahudiy manzilgohlari: Aksariyat davlatlar 1967-yilda Isroil tomonidan bosib olingan erlarda qurilgan yahudiy aholi punktlarini noqonuniy deb biladi. Isroil buni tan olmaydi va bu yerlar bilan tarixiy va Bibliyadagi aloqalarni keltiradi. Bu manzilgohlarning kengayishi Isroil, Falastin va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi eng bahsli masalalardan biridir.

Quddus: Falastinliklar musulmonlar, yahudiylar va nasroniylar uchun muqaddas bo‘lgan joylarni o‘z ichiga olgan sharqiy Quddusni o‘z davlatlarining poytaxti bo‘lishini istashadi. Isroilning aytishicha, Quddus o‘zining "bo‘linmas va abadiy" poytaxti bo‘lib qolishi kerak. Isroilning Quddusning sharqiy qismiga da’volari xalqaro miqyosda tan olinmaydi. Tramp Quddusni Isroilning poytaxti sifatida tan oldi, ammo shaharda Isroilning yurisdiktsiyasi qanday bo‘lishini belgilamadi va 2018-yilda AQSH elchixonasini u erga ko‘chirdi.

Qochqinlar: Bugungi kunda 5,6 millionga yaqin falastinlik qochqin bor – asosan 1948-yilda qochganlarning avlodlari – Iordaniya, Livan, Suriyada va Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorida yashaydi. Falastin ma’muriyati Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan qochqinlarning qariyb yarmi fuqaroligi yo‘q, ularning aksariyati gavjum qochqinlar lagerlarida yashaydi.

Falastinliklar uzoq vaqtdan beri qochqinlar millionlab avlodlari bilan birga o‘z joylariga qaytishiga ruxsat berishni talab qilib keladi. Isroilning aytishicha, falastinlik qochqinlar uning chegaralaridan tashqarida joylashtirilishi kerak.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

База переработки металлолома загорелась в Подольске

Глава Одинцовского округа провел личный прием граждан

Российская ведущая Екатерина Андреева опубликовала фото в топе и мини-шортах

Курортный сбор станет постоянным туристическим налогом в России

Музыкальные новости

В ПРЕДДВЕРИИ ДНЯ РОССИИ РОСГВАРДЕЙЦЫ ПРОВЕЛИ ПРАЗДНИЧНОЕ МЕРОПРИЯТИЕ ДЛЯ ДЕТЕЙ

Ресурсный центр на V Общероссийской конференции «Устойчивое развитие этнокультурного сектора» объединил национально-культурные инициативы из разных регионов России

Команда сервисного локомотивного депо «Буй-Пассажирский» филиала «Северный» ООО «ЛокоТех-Сервис» завоевала бронзу в железнодорожных спортивных соревнованиях

Помощь российских армян СВО. Поддержка тыла важна для передовой

Новости России

Бег змейкой. Названы победители конкурса московских пожарных

Сергей Собянин поздравил москвичей с Днем России

Ким Чен Ын: Россия и ее народ защищают свой суверенитет и движутся к процветанию

«Надо быть готовыми». Учёный рассказал, где летом будут погодные катаклизмы

Экология в России и мире

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове

Куда россияне теперь ездят на отдых: составлен реальный список стран и российских регионов, пользующихся спросом

Захарова: армянам - нота, апшеронцам – «да»

Адские цены на Сочи и Анапу заставили российских туристов найти новые пути экономии

Спорт в России и мире

Рейтинг ATP. Синнер стал №1, Алькарас – №2, Циципас выпал из топ-10, Хачанов – из топ-20, Котов обновил личный рекорд

В России заговорили о Елене Рыбакиной после смены теннисисткой гражданства

Испанец Алькарас выиграл у Зверева и стал победителем Roland Garros

«Мирра Андреева обладает удивительной выживаемостью» // Олимпийская чемпионка по теннису Елена Веснина об итогах женского Roland Garros

Moscow.media

Вечерело...

Heroje H288BW- портативный сканер штрих-кодов с интерфейсом Bluetooth

Российские учителя смогут проверять домашние задания с помощью ИИ

«Школа вожатых» прошла в школе №7 в Реутове







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *