Мы в Telegram
Добавить новость
World News in Uzbek
Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Nega Misr va boshqa arab davlatlari falastinlik qochqinlarni qabul qilishni istamayapti?

Nega Misr va boshqa arab davlatlari falastinlik qochqinlarni qabul qilishni istamayapti?

G‘azo bo‘lgasida umidsiz qolgan falastinliklar Isroilning tinimsiz bombardimonlari ostida boshpana topishga harakat qilar ekan, qo‘shni Misr va Iordaniya ularni qabul qilmayapti.

G‘azo va ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil bilan chegaradosh bo‘lgan ikki davlat, qochqinlarni qabul qilishni qat’iy rad etdi. Iordaniyada falastin qochqinlar shundog‘am yetarlicha ko‘p, deb yozadi Associated Press nashri.

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi hozirgi urush nafaqat G‘azo sektorini boshqarayotgan HAMASga qarshi kurash, balki «tinch aholini Misrga ko‘chib o‘tishga undash» ekanini aytdi. Uning aytishicha, bu mintaqada tinchlikka putur yetkazishi mumkin.

Bir kun avval Iordaniya qiroli Abdulla II ham xuddi shunday bayonot berib, «Iordaniya ham, Misr ham qochqinlarni qabul qilmaydi» dedi.

Misr va Iordaniyaning pozitsiyalariga nima turtki bo‘layotganini ko‘rib chiqamiz.

KO‘CHIRISH TARIXI

Ko‘chirilish Falastin tarixining asosiy mavzusi bo‘lib kelgan. 1948-yilda Isroil tashkil topishi bilan bog‘liq urushda taxminan 700 000 falastinlik hozirgi Isroil hududidan quvilgan. Falastinliklar bu hodisani Naqba deb atashadi, bu arabchada «falokat» degani.

1967-yilgi Yaqin Sharq urushida, Isroil G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorini egallab olganida, yana 300 ming falastinlik Iordaniyaga qochib o‘tadi.

Qochqinlar va ularning avlodlari hozirda qariyb 6 millionni tashkil etadi. Ularning aksariyati G‘arbiy Sohil, G‘azo, Livan, Suriya va Iordaniyadagi lager va jamoalarda yashaydi. Diaspora yanada kengaydi, ko‘plab qochqinlar Fors ko‘rfazidagi arab davlatlarida va G‘arbda yashab kelmoqda.

1948-yilgi mojaro bilan bog‘liq janglar to‘xtatilgach, Isroil qochqinlarning uylariga qaytishiga ruxsat bermadi. O‘shandan beri Isroil Falastinning qochqinlarni qaytarish haqidagi talablarini rad etib, bu mamlakatdagi yahudiylarga tahdid solishini aytadi.

Misr tarix takrorlanishidan va G‘azodan kelgan ko‘plab falastinlik qochqinlar Misrda qolib ketishidan qo‘rqadi.

QAYTISHGA KAFOLAT YO‘Q

Isroil HAMASni 7-oktabrdagi qonli hujumi uchun yo‘q qilish niyatida ekanini aytmoqda. Ammo bundan keyin nima bo‘lishi va G‘azoni kim boshqarishi haqida hech nima ma’lum emas. Bu esa Isroil anklavni qayta egallab olib, mojarolar yanada avj olishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirmoqda.

Isroil harbiylari G‘azo shimolidan janubga ko‘chish talabini bajargan falastinliklar urush tugaganidan keyin uylariga qaytishi mumkinligini bildirdi.

As-Sisi janglar yillar davom etishi mumkinligini aytib, harbiy amaliyotlar tugamaguncha falastinliklarni G‘azo sektoriga qo‘shni Negev cho‘liga joylashtirishni taklif qildi.

«Isroilning G‘azodagi niyatlari va aholini evakuatsiya qilish borasidagi mavhumlik o‘z-o‘zidan tashvishli»,- deydi Rikkardo Fabiani, Xalqaro inqiroz guruhining Shimoliy Afrika loyihasi direktori.

Misr Isroilni G‘azoga insonparvarlik yordami olib kirishga ruxsat berishga undadi va Isroil bunga rozi bo‘ldi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan Misrda allaqachon 9 millionga yaqin qochqin va muhojirlar bor. Bu yilning o‘zida urush tufayli Sudandan 300.000 qochqin kelgan.

Arab davlatlari va ko‘plab falastinliklar Isroil hozirgi urushdan foydalanib, 1967-yilda Isroil tomonidan bosib olingan G‘azo, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda Falastinning davlatchilik talablarini barbod qilish uchun doimiy demografik o‘zgarishlarni amalga oshirishi mumkin degan gumonda.

«Barcha tarixiy pretsedentlar shuni ko‘rsatadiki, falastinliklar Falastin hududini tark etishga majbur bo‘lganda, ularga qaytishga ruxsat berilmagan. Misr G‘azodagi etnik tozalashga sherik bo‘lishni istamaydi.»,-  deydi Karnegi Jamg‘armasining katta ilmiy xodimi H.A. Heller .

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi o‘ta o‘ngchi partiya falastinliklarni chiqarib yuborish haqida gapirmoqda. HAMAS hujumidan so‘ng, ba’zi o‘ng qanot siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari sharhlovchilari harbiylarni G‘azoni vayron qilish va uning aholisini quvib chiqarishga chaqirdi.

Isroillik deputatlardan biri G‘azoda «yangi Nakba»ni amalga oshirishni taklif qildi.

HAMASDAN XAVOTIRLAR

Misr G‘azodan qochqinlar bilan birga HAMAS yoki boshqa Falastin jangarilari ham kirib kelishidan xavotirda. Bu Misr armiyasi yillar davomida islomiy jangarilarga qarshi kurashgan Sinay yarimorolida beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin. Misr o‘shanda Hamasni islomiy jangarilarni dastaklashda ayblagan.

2007-yilda HAMAS G‘azoni egallab olganidan beri Misr Isroilning G‘azo blokadasini qo‘llab-quvvatlab, tinch aholining chegaradan o‘tishini qattiq nazorat qilib keladi. Misr Hamas va boshqa falastinliklar G‘azoga kontrabanda mahsulotlarini olib kiruvchi chegara ostidagi tunnellarni ham yo‘q qildi.

«Qohira Sinayda yangi xatar paydo bo‘lishini istamaydi»,- deydi Fabiani.

As-Sissi Misr va Isroilning 1979-yilgi tinchlik kelishuvining buzilishidan ogohlantirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin jangarilarining ishtiroki bilan Sinay “Isroilga hujumlar uchun bazaga aylanadi. Isroil o‘zini himoya qilib Misr hududiga zarba beradi.

“Falastin muammosini deb biz erishgan tinchlikni qo‘ldan boy beramiz".

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Дубае состоится третья глава "White Jacket" с участием бармена Станислава Вадрны

Мининвест Подмосковья напомнил условия получения субсидий для франшиз

Тендер на благоустройство набережной реки Осетр объявили в Зарайске

Наташа Королева сдалась после бойкота на телевидении — покинула Москву

Музыкальные новости

Звезды спорта. Кто они такие и почему их так называют?

«Пятёрочка» подарила 1 000 000 рублей Дзержинской школе по итогам «Здоровой Олимпиады»

В Росгвардии стартовал чемпионат по боксу "Кубок Победы"

Страдания юного Аюша Булчун

Новости России

Синоптик Старков спрогнозировал летнюю погоду в столичном регионе на следующей неделе

Самый душевный день

Наташа Королева сдалась после бойкота на телевидении — покинула Москву

В Дубае состоится третья глава "White Jacket" с участием бармена Станислава Вадрны

Экология в России и мире

Состоялась Байкальская театральная школа в Бурятии: Россия и Культура, Дети

"Глория Джинс" открывает первые магазины Ready! Steady! Go!

Шапки женские вязаные на Wildberries, 2024 — новый цвет от 392 руб. (модель 466)

Звуковая зубная щетка Revyline RL060 White и зубная паста Revyline Smart заказать в Назрани

Спорт в России и мире

Первая ракетка Казахстана вышла в финал турнира WTA в Италии

Стало известно, при каком условии Медведев может опуститься на 5-е место рейтинга ATP

«Спартак» подарит Циципасу клубную футболку

Теннисист Медведев не смог выйти в четвертьфинал турнира серии «Мастерс» в Риме

Moscow.media

Правоохранители проверили бывших мигрантов в Джанкое

Под красным куполом

Руки-загребуки или парфюм с запахом уголовного дела

Большой Тхач







Топ новостей на этот час

Rss.plus





СМИ24.net — правдивые новости, непрерывно 24/7 на русском языке с ежеминутным обновлением *