Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi
![Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi](https://www.gazeta.uz/media/img/2022/08/QbWISH16597706058234_b.jpg)
1992-yilda qabul qilingan “Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida”gi hukumat qarori 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinayotgan 493 ta qarordan birida nazarda tutilgan. 32 yil avval qabul qilingan hujjatda aeroport poytaxtdan 45 km uzoqqa ko‘chirilishi belgilangandi.