Yevropaga ikkinchi rasmiy safarini amalga oshirayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp Polshaga bordi va prezident Anjey Duda bilan uchrashdi. 6 iyul kuni uning Varshavada Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari liderlari bilan uchrashishi kutilmoqda. So‘ngra Tramp "Katta yigirmalik" sammitida qatnashish uchun Germaniyaga boradi va Rossiya prezidenti bilan yuzma-yuz uchrashadi.