2 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida Toshkent viloyati, Chinoz tumanida moliyaviy piramida qurganlikda ayblanayotgan Ahmadboy Tursunboev ustidan sud jarayoni boshlandi. Sudning ilk kunida Ahmadboyga pul va mulkini bergan 50 dan oshiq odam sud binosi atrofiga yig‘ildi.