O‘zbekistonlik tahlilchi Anvar Nazir Ozodlik bilan suhbatda o‘zbek tilini yana kirill alifbosiga qaytarish falokatga olib kelishini ta’kidladi. "Chunki o‘zini alifbosini o‘zgartiradigan til ohiri yo‘qolib ketadi", - dedi tahlilchi. Bundan avval o‘zbekistonlik adabiyotshunos Shuhrat Rizaev mamlakat rahbariga murojaat etib lotin alifbosi o‘zbek tili tabiatiga unchalik muvofiq emasligi, kirillni – asosiy, lotinni ikkinchi alifbo sifatida qonunlashtirishni taklif etgan edi.