O‘zbekiston Harbiy sudi Sirdaryoning Shirin shaharchasida istiqomat qilgan 36 yashar o‘zbekiston vatandoshi Alyona Kimni Tojikiston manfaatiga josuslikda aybdor deb topilib, 10 yilu olti oyga ozodlikdan mahrum qildi. Advokat Nadejda Pakning aytishicha¸ Alyona Kim O‘zbekiston jinoyat kodeksining 157-moddasi davlatga xoinlik qilishda aybdor deb topilgan va hukm joriy yilning 22 iyulidan kuchga kirgan.