Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy ravishda yashab kelgan Abror Habibov "Islom davlati" terror guruhiga yordam berishni rejalaganlik yuzasidan bildirilgan ayblovlarni tan oldi. Abror Habibov Nyu-Yorkda terrorchilikda ayblanib hibs qilingan va o‘z ishlari sudda ko‘rib chiqilishini kutayotgan uchinchi o‘zbekistonlikdir. Bunga qadar terrorchilikda ayblanib Nyu -Yorkda qo‘lga olingan 5 kishidan 2 nafari o‘ziga bildirilgan ayblovlarni tan olgan edi.