“Xalqaro qizlar kuni” mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanmoqda
Bugun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi Yoshlar markazida “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Tashabbuskor, doʻst, hamfikrmiz, dugonajon” shiori ostida ijodiy kecha oʻtkazildi. Unda fan, sanʼat, madaniyat sohasi vakillari, Xotin qizlar qoʻmitasi vakillari, oliy taʼlim muassasalari talabalari, “Qizlarjon” klubi aʼzolari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdi.