Bekobodda 59 bola ovqatdan zaharlangan bog‘cha yopildi
Toshkent viloyati Bekobod tumanida muzlatgich ishlamagani bois, 59 bola va 3 xodim ovqatdan zaharlandi, hodisa sodir bo‘lgan 8-sonli bog‘cha vaqtincha yopildi. Gazeta.uz nashrining O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligiga tayanib xabar qilishicha, bu bog‘chada zaharlangan 62 kishi 9-10 noyabr kunlari tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan. Ularga dastlab, "o‘tkir gastrit, gastroenterit" tashxisi qo‘yilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bemorlarda og‘ir holatlar qayd etilmagan... Читать дальше...