Xorijga chiqish pasportini olish uchun to‘lanadigan pul miqdori aniq bo‘ldi
Xorijga chiqish pasportini olish uchun fuqaro eng kam ish haqining 120 foizi (243 276 so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi. Ayni paytda 16 yoshga to‘lmagan shaxslar xorijga chiqish pasportini olish uchun eng kam ish haqining 80 foizi (162 184 so‘m) miqdorida davlat boji to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi yo‘q shaxslarga, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga xorijga chiqish pasportini berish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 100 foizini tashkil qiladi (202 730 so‘m). Читать дальше...