O‘zbekiston prezidentining mamlakat tibbiyot tizimini isloh qilishga qaratilgan tanqidiy chiqishlari ortidan respublika tibbiyot markazlaridagi yuqori malakali xodimlarni viloyatlarga jo‘natish harakatlari boshlandi. Ozodlik suhbatlashgan vrachlar bu tadbirni “vrachlarni surgun qilish”, deb atar ekan, “tibbiyot markazlarini zaiflashtiradigan” salbiy oqibatlariga ham e’tibor qaratishdi.