Farg‘onalik xalq ta’limi mudiri murabbiylarning dalaga chiqayotganini tan oldi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Nafisa Nishonova 22 iyul kuni Ozodlik bilan bo‘lgan suhbatda tumandagi maktablar o‘qituvchilari va bog‘chalar murabbiylari dala ishlariga jalb qilinayotganini tan oldi. Biroq, Nafisa Nishonovaning ta’kidlashicha, o‘qituvchi va murabbiylar “o‘z ixtiyorlari bilan hafta oxirlarida” chekanka ishlariga chiqmoqda. Avvalroq Nafisa Nishonovaning tuman o‘qituvchi va murabbiylarini dalaga chiqishga majburlayotgani yozib olingan audio ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

