O‘tgan oyda tashkil qilingan “Majburiy ijro byurosi” elektr va gazdan qarzdorlardan pul undirish paytida “birovlar ishlatgan gaz va chiroq haqini boshqalar“ zimmasiga yuklash kabi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tekshirish o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Ozodlikning Qurultoy eshittirishi qatnashchilari ham “tekshiruvchilarni tekshirish lozimligini” aytishdi.