Zomin Dehqon bozorida tujjorlar do‘kon va rastalarining ko‘chirilishiga norozilik bildirmoqda
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dehqon bozorida savdo qiluvchi yuzga yaqin tujjor do‘kon va rastalarining ko‘chirilishiga norozilik bildirmoqda. Tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, 11-may kuni savdogarlar bilan ularni bozordan ko‘chirishga kelgan tuman hokimligi hamda IIB va soliq xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Tuman soliq idorasi hamda militsiya xodimlari 11-may kuni bozorning yopilishi borasida savdogarlar bilan muloqot qilishga uringan, biroq ularning talabi qondirilmagach, vaziyat taranglashgan. Читать дальше...